date

AQSh Pensilvaniyani $75 mln mablag'dan mahrum qilishi mumkin


AQSh Transport vazirligi Pensilvaniya shtatini deyarli 75 million dollar federal moliyalashtirishdan mahrum qilish bilan ogohlantirdi. Bu shtatda tijorat haydovchilik guvohnomalarini (CDL) berish jarayonida qonunbuzarliklar aniqlanganidan so'ng ma'lum qilindi.

Ushbu bayonot 20-noyabr kuni e'lon qilindi. Avtotransport xavfsizligi bo'yicha federal boshqarma (FMCSA) ma'lumotlariga ko'ra, Pensilvaniya noqonuniy ravishda mamlakat hududida noqonuniy yashayotgan xorijliklarga tijorat litsenziyalari bergan.

Hisobotda ayrim litsenziya oluvchilar "mos emas va malakasiz" deb topilgani aytilgan. Transport vaziri Shon P.

Daffi shtat noqonuniy berilgan litsenziyalarni bekor qilishi va aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishi kerakligini ta'kidladi. Aks holda, AQSh Transport vazirligi federal mablag'larni ajratishni to'xtatishini ma'lum qildi.

Vazirlik, shuningdek, o'zbekistonlik Axror Bozorovning qo'lga olinishi yozda boshlangan xorijliklar uchun litsenziyalarni tekshirish auditi zarurligini isbotlashini bildirdi. Bozorov vatani O'zbekistonda ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblanib qidiruvga berilgan.

AQShda u Pensilvaniyada olingan litsenziya asosida yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan. Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro esa, Bozorov federal SAVE bazasi orqali tekshirilganini va hech qanday shubhali narsalar topilmaganini ta'kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Pensilvaniyani $75 mln mablag'dan mahrum qilishi mumkin