
2025 yil 24 noyabr kuni Telegram messenjerida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tomonidan yaratilgan 29 mingta raqamli papaxa to‘liq sotib olindi. Auksionlar 22 noyabrda boshlangan va ertasi kuni kechgacha davom etgan.
"Endi har bir odam papaxani do‘stiga, akasiga yoki murabbiyiga sovg‘a qilish imkoniyatiga ega — bu qayerdan kelganing va qayerga yo‘l olayotganingni hurmat qilish belgisi", — deb yozdi Nurmagomedov. Savdolar har biri besh daqiqalik 290 qisqa raundda o‘tkazilgan.
O‘rtacha bir papaxa xaridorlarga taxminan 10,1 ming "yulduz"ga tushgan — bu qariyb 103 Toncoin yoki taxminan 150 AQSH dollariga teng. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy daromad 4,35 million dollarni tashkil qilgan.
Bunday raqamli sovg‘alar TON tarmog‘iga asoslangan cheklangan mahsulotlardir. Ularni "yulduzlar" yoki Toncoin orqali sotib olish, so‘ngra NFT ko‘rinishida tashqi platformalarda sotish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.