
23-noyabr kuni 3I/ATLAS nomli yulduzlararo obyekt Yerga 300 million kilometrdan yaqin masofaga yetib keldi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Kometa har kuni Yerga yaqinlashishda davom etmoqda. Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu holat Yerning 3I/ATLAS harakat yo‘nalishiga yaqin yo‘nalishda joylashgani bilan bog‘liq.
Navbatdagi masofa belgisi — 200 million kilometr. “Shundan keyin, ehtimol, «Xush kelibsiz, hurmatli kelgindilar» degan plakatlar tayyorlaymiz”, — deya hazil qilishdi tadqiqotchilar.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 19-dekabrga kelib kometa Yerga 269 million kilometrga yaqinlashadi, so‘ngra u uzoqlasha boshlaydi. Biroq 3I/ATLAS Yerga xavf tug‘dirmasligini astronomlar alohida ta’kidlashdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.