
Kazanlik fuqarolar Yangi yil ta'tillarini O'zbekistonda o'tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Kommersant" nashri "Aviasales" ma'lumotlariga asoslanib. O'zbekistonga chipta bron qilish ulushi 21 foizni tashkil etdi.
O'zbekiston bu borada Tailand (19%), Turkiya (7%) va Xitoyni (4%) ortda qoldirdi. Umuman olganda, Kazan aholisi orasida xorijga sayohatlar Yangi yil bronlarining 41 foizini tashkil qildi.
Kazanliklarning xorijiy safarlarda Yangi yil dam olishining o'rtacha davomiyligi o'n kunni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, 59 foiz bronlar Rossiya ichidagi parvozlarga to'g'ri kelmoqda.
2025 yilning o'n oyi davomida O'zbekistonga 852 ming nafar rossiyalik tashrif buyurgan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.