date

Netflix Warner Brosni 82,7 milliard dollarga sotib oladi

Netflix Warner Brosni 82,7 milliard dollarga sotib oladi

Netflix Warner Brosni, jumladan kinostudiya, televideniye studiyasi, HBO va HBO Max platformalarini sotib olmoqda. Bu haqda Netflix matbuot xizmati xabar berdi.

Bitim qiymati 82,7 milliard dollar qilib baholanmoqda va u WBD kompaniyasining qayta tashkil etilishi yakunlanganidan so‘ng, 2026 yilning uchinchi choragida to‘liq tugallanadi. Ushbu kelishuv dunyodagi eng yirik striming xizmati va eng mashhur kinostudiyalardan birini birlashtiradi.

Netflix kutubxonasiga "Garri Potter", "Do‘stlar", "Taxtlar o‘yini", "Sopranolar oilasi", DC filmlari, "Shamolda qolganlar", "Kasablanka" kabi franshizalar va klassik filmlar qo‘shiladi. Bu loyihalar Netflix’ning "Juda g‘alati ishlar", "Qog‘oz uyi", "Bridjertonlar" va "Kalmar o‘yini" kabi mashhur loyihalarini to‘ldiradi.

Warner Brosning an’anaviy kinoteatrlarda namoyish qilish jarayoni davom etadi, studiya esa Netflix’ning global platformasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bitim allaqachon ikkala kompaniyaning direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan.

Uni yakunlash uchun WBD aksiyadorlari va tartibga soluvchilar roziligi talab qilinadi. Bitimning to‘liq tugallanishi 12-18 oy ichida kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Netflix Warner Brosni 82,7 milliard dollarga sotib oladi