Karpin Zakharayn bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi

Moskvaning «Dinamo» klubini avval boshqargan Valeriy Karpin Ispaniyaning «Real Sosedad» jamoasida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zakharyan bilan uchrashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida safarini «Arsen bilan yana bir uchrashuv o‘tkazib yakunladim», deya izohladi.
La Liganing joriy mavsumida 22 yoshli futbolchi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor sariq kartochka oldi.
Zakharyan 2023 yil yozida San-Sebastyan klubiga qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, futbolchining bozor qiymati esa 7,5 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing