O'zbekiston diplomati CA–Xitoy formati kotibiyati rahbariyatiga tayinlandi

O'zbekistonlik diplomat Nurali Irzayev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyatida bosh kotib o'rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi. U yangi lavozimdagi ishini Xitoyning Sian shahrida boshladi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko'ra, tayinlovga qadar Irzayev O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida MDH davlatlari bilan ikki va ko'p tomonlama hamkorlik bo'yicha boshqarmaga rahbarlik qilgan.
43 yoshli diplomat Navoiy shahrida tug'ilgan. U 2005 yilda Toshkent davlat universitetini “xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. Shu yildan buyon TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda, shuningdek, avvalroq Pekinda Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatida ham ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing