Ronaldu ishtirokisiz g'alabani olov va qarsak bilan kutib oldi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” o'z yetakchisiz ham ishonchli natija qayd etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinini ham yutdi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Natijada “Al-Nasr” guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining pley-offga birinchi o'rin bilan chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emodzi — olov hamda qarsak qo'shdi.
40 yoshli hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog'liq soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.