date

Paramount Warner Bros. aksiyalarini sotib olishni taklif qildi

Paramount Warner Bros. aksiyalarini sotib olishni taklif qildi
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery (WBD) aksiyalarini bir donasi uchun 30 dollar naqd pulga sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi, deb xabar bermoqda CNBC.

Taklif 41 milliard dollarlik ulushli moliyalashtirish bilan ta'minlangan, qo‘shimcha mablag‘larni esa RedBird Capital va Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerga tegishli bo‘lgan Affinity Partners taqdim etishi kutilmoqda. WBD rahbariyatida rasmiy javobni taqdim etish uchun o‘n kun vaqt bor.

Ushbu muddatdan so‘ng Paramount aktsionerlar uchun taklifni uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida har qanday WBD aktsioneri o‘z aksiyalarini Paramountga 30 dollar narxda sotishi mumkin.

Agar Paramount muomalada bo‘lgan aksiyalarning 51 foizini sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, kompaniya Warner Bros. Discovery ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi.

Raymond James tahlilchisi Rik Prentissning ta'kidlashicha, taklif aktsionerlar tomonidan katta qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Paramount Warner Bros. aksiyalarini sotib olishni taklif qildi