date

Eron noroziliklari oqibatida yetti kishi halok bo'ldi

Eron noroziliklari oqibatida yetti kishi halok bo'ldi

Eron bo'ylab davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida yetti kishi — huquq-tartibot xodimlari va namoyish ishtirokchilari — halok bo'ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Namoyishlar 28 dekabr kuni Tehrondagi asosiy bozor hududida boshlangan. O'sha kuni valyuta kursining keskin tushishi va narxlarning jadal qimmatlashishidan norozi bo'lgan do'kon egalari hamda talabalar ko'chaga chiqqan.

Reuters hisob-kitoblariga ko'ra, 2025 yil davomida eron riali dollar nisbatan qariyb ikki baravar qadrsizlangan, dekabr oyida esa inflyatsiya 42,5 foizgacha ko'tarilgan. Keyinchalik mamlakatning turli hududlarida ham o'z-o'zidan yuzaga kelgan namoyishlar kuzatilgan.

Eng keskin to'qnashuvlar Azna shahrida ro'y bergani aytilmoqda. Xabarlarga ko'ra, Eron rasmiylari norozilar bilan muloqot o'tkazish tarafdori ekanini bildirgan, biroq huquq-tartibot idoralari namoyishlarni chetdan uyushtirilgan fitna sifatida baholagan. Bu haqda Deutsche Welle ma'lum qildi.

IRNA axborot agentligi esa mamlakatdagi faollar valyuta kursini barqarorlashtirish, shuningdek pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish zarurligini ilgari surayotganini qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron noroziliklari oqibatida yetti kishi halok bo'ldi