
2025 yilda Saudiya Arabistoni qatl qilishlar soni bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Joriy yil davomida mamlakatda 356 nafar mahkumga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgan.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bir yil ichida qatl etilganlar soni bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi.
Tahlilchilarning fikricha, o‘lim jazolari keskin oshishi mamlakat hokimiyati tomonidan olib borilayotgan “narkotiklarga qarshi kurash” siyosati bilan bog‘liq. Ma’lum qilinishicha, qatl etilganlarning 243 nafari aynan narkotik jinoyatlari bilan bog‘liq ayblovlar asosida jazolangan.
Qiyos uchun, 2024 yilda Saudiya Arabistonida 338 nafar shaxs qatl etilgan edi. Shu tariqa, bir yil ichida bu ko‘rsatkich yanada o‘sgan.
Inson huquqlari tashkilotlari bu holatdan jiddiy xavotir bildirib, o‘lim jazosidan foydalanish amaliyoti xalqaro maydonda keng muhokamalarga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.