Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1100 chaqaloq dunyoga keldi

2026-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1094 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tug‘ilgan chaqaloqlarning 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz farzand bo‘ldi. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etilib, 138 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Shuningdek, hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilishlar Surxondaryo (135 nafar), Samarqand (125 nafar), Qashqadaryo (121 nafar) va Namangan (110 nafar) viloyatlarida ro‘y berdi. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida, faqat 19 nafar chaqaloq bo‘lgan.
Qiziqarli tomoni, tug‘ilganlar orasida 17 egizak bor, jami 37 nafar bola. Shulardan 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik, va 4 nafari to‘rtta homilalik egizakdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing