Tibbiyot xodimlarining maoshi sezilarli oshirildi

2026 yilning 1 yanvaridan boshlab tibbiyot sohasi xodimlarining ish haqi oshirildi. Xususan, tibbiyotchilarning oylik maoshlari o‘rtacha 15 foizdan 30 foizgacha ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, KPI tizimi orqali ish samaradorligi va davolash natijalariga qarab rag‘batlantirish to‘lovlari berilib, ular maoshning 50 foizigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi mumkin.
Bundan tashqari, hamshiralar va kichik tibbiy xodimlarning ish haqi ham o‘rtacha 20 foizga oshirilishi belgilangan.
Mazkur yangilik prezidentning 09.11.2025 yildagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorda qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing