Saida Mirziyoyeva bilan birinchi katta intervyu olindi

1 daqiqa o'qish5.2K
Saida Mirziyoyeva bilan birinchi katta intervyu olindi

Saida Mirziyoyeva bilan birinchi katta intervyu olindi
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari sifatida jurnalist va bloger Kirill Altmanga katta intervyu berdi. Suhbat davomida u shaxsiy qarashlari, ishga munosabati va Prezident bilan ishlash tajribasi haqida ochiq fikr bildirdi.

Jurnalistning: “Siz aslida kimsiz, Saida Shavkatovna?” degan savoliga u qisqa va aniq javob berdi:

— Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman, chunki u kishi hayotimdagi eng ulug‘ inson.

Saida Mirziyoyeva o‘z so‘zlarida 9 yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelayotganini, shaxsiy hayot deyarli yo‘qligini va o‘z faoliyatini aynan shu tizimda boshlab, shu yerda yakunlashni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ish — uning hayotining asosiy qismiga aylangan.

Shuningdek, suhbat davomida Prezidentning boshqaruv uslubi haqida ham so‘z yuritildi. “Prezident qattiqqo‘l insonmi?” degan savolga Saida Shavkatovna quyidagicha javob berdi:

— Oxirgi 9 yil ichida amalga oshirilgan islohotlarga qarang. Bunday natijalarga faqat qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmaydi. Buning uchun moslashuvchanlik va donolik kerak, deb hisoblayman.



Uning fikricha, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlar aynan muloqot, tushunish va muvozanatli qarorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab foydalanuvchilar intervyuni samimiy va ochiq deb baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?