date

Venesuelada qazib olish oshishi kutilayotgani fonida neft narxlari pasaydi

Venesuelada qazib olish oshishi kutilayotgani fonida neft narxlari pasaydi

6 yanvar kuni jahon bozorida neft narxlari pasayish ko‘rsatdi. Reuters xabariga ko‘ra, bunga Venesuelada neft qazib olish hajmi oshishi mumkinligi haqidagi kutishlar sabab bo‘lgan: Brent fyucherslari 0,2% arzonlab, bir barrel uchun 61,62 dollarga tushdi, AQSHning WTI markali nefti esa 0,3% pasayib, 58,15 dollardan baholandi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Tahlilchilar aytishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olingani haqidagi xabarlar fonida bozorga bosim yanada kuchayishi mumkin. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati shu hafta amerikalik neft kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, Venesuelada neft ishlab chiqarishni ko‘paytirish ehtimolini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Reuters suhbatlashgan bozor ishtirokchilari dekabr oyidayoq 2026 yilda neft kotirovkalari taklifning ko‘payishi va talabning sustligi tufayli bosim ostida qolishini taxmin qilgan.

Venesuela OPEKni tashkil etgan davlatlardan biri bo‘lib, dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega — qariyb 303 mlrd barrel. Biroq investitsiyalar yetishmasligi va sanksiyalar cheklovlari sabab mamlakatning neft sektori yillar davomida tanazzul holatida qolmoqda. O‘tgan yili o‘rtacha qazib olish hajmi kuniga taxminan 1,1 mln barrelni tashkil etgan.

Mutaxassislar siyosiy barqarorlik ta’minlanib, sarmoya oqimi kuchaysa, Venesuelada neft qazib olish yaqin ikki yil ichida kuniga yana 500 ming barrelga oshishi mumkinligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada qazib olish oshishi kutilayotgani fonida neft narxlari pasaydi