date

Pokiston Bangladeshga JF-17 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni ko'rib chiqmoqda

Pokiston Bangladeshga JF-17 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni ko'rib chiqmoqda

Pokiston Bangladesh harbiy-havo kuchlari uchun JF-17 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Reuters. JF-17 Xitoy va Pokiston mudofaa sanoati hamkorligida yaratilgan qo'shma loyiha hisoblanadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Islomobod Dakka tomoniga Super Mushshak o'quv-mashg'ulot samolyotlarini yetkazib berishni jadallashtirish, shuningdek, uchuvchilarni tayyorlash bo'yicha to'liq o'quv tizimini yo'lga qo'yishga yordam berishini ham bildirgan.

Bangladesh Pokiston qiruvchilarini olish mumkin bo'lgan yagona yo'nalish emas. JF-17 allaqachon Ozarbayjon qurolli kuchlari tarkibida xizmat qilmoqda, Liviya esa uni xarid qilishga qiziqish bildirgan.

Pokiston mudofaa vaziri Xoja Osifning aytishicha, qurol-yarog' sanoatidagi yutuqlar mamlakat iqtisodiy istiqbollarini o'zgartirishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, Pokiston samolyotlari sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan va buyurtmalar shunchalik ko'pki, yaqin olti oy ichida mamlakatga Xalqaro valyuta jamg'armasi yordami ham kerak bo'lmay qolishi ehtimoli bor.

JF-17 Thunder yengil toifadagi ko'p maqsadli qiruvchi bo'lib, havo ustunligini qo'lga kiritish, yer usti nishonlariga zarba berish hamda razvedka vazifalarini bajarishga mo'ljallangan. Hozirda bu samolyot Myanma va Nigeriya qurolli kuchlari tasarrufida ham mavjud. Turli davrlarda Argentina, Kongo va Malayziya harbiy doiralari ham unga qiziqish bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Bangladeshga JF-17 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni ko'rib chiqmoqda