date

Bork Grenlandiyani qo‘llab-quvvatladi va Daniyani kolonializmda aybladi

Bork Grenlandiyani qo‘llab-quvvatladi va Daniyani kolonializmda aybladi

Islandiyalik xonanda Bork Facebook’dagi postida Grenlandiyaning Daniyadan mustaqil bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatladi. U grenlandiyaliklarga mustaqillik yo‘lidagi kurashda omad tilab, Islandiya 1944 yilda daniyaliklar boshqaruvidan chiqib ketganini yengillik bilan eslashini ta’kidladi. Borkning yozishicha, o‘shanda Islandiya o‘z tilini saqlab qolgan — aks holda uning farzandlari hozir daniya tilida gaplashishi mumkin edi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Xonanda Grenlandiyada mahalliy aholi hanuz kamsitilish holatlariga duch kelayotganini, Daniya hukumatining munosabati esa adolatsizligicha qolayotganini bildirdi. The Guardian’ga tayangan holda u 1960–1970-yillarda ayrimlari atigi 12 yosh bo‘lgan grenland qizlariga ularning xabariciz bachadon ichki spiral qo‘yilgani haqida eslatdi. Bork, shuningdek, bugun ham mahalliy aholining bolalari davlat organlari tomonidan oilasidan olib qo‘yilishi davom etayotganini qayd etdi.

Bork kolonializm mavzusi unda kuchli qo‘rquv va nafrat uyg‘otishini aytib, grenlandiyaliklar “bir zolim mustamlakachidan boshqasiga” o‘tib qolishi ehtimolini tasavvur qilishning o‘zi dahshatli ekanini yozdi.

Bu bayonot Grenlandiya kelajagi atrofidagi munozaralar keskinlashgan bir paytda yangradi: bunga AQSHning orol ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan urinishlari ham sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bork Grenlandiyani qo‘llab-quvvatladi va Daniyani kolonializmda aybladi