date

IATA noyabrda dunyo yoʻlovchi oqimi 5,7 foizga oshganini maʼlum qildi

IATA noyabrda dunyo yoʻlovchi oqimi 5,7 foizga oshganini maʼlum qildi

2025 yil noyabr oyida dunyo bo‘yicha aviayo‘lovchilar oqimi 5,7 foizga ko‘paydi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) maʼlumotiga ko‘ra, samolyotlarning o‘rindiq bandligi rekord darajaga — 83,7 foizga yetdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

O‘sishning asosiy qismi xalqaro qatnovlar hisobiga to‘g‘ri keldi: ularning hajmi 7,7 foizga kengaydi. Ichki reyslarda esa ko‘rsatkich 2,7 foizga oshdi. Yo‘lovchi talabi eng tez surʼatda Afrikada o‘sdi. Ichki bozorlarda Braziliya (+9 foiz) va Hindiston (+8 foiz) eng yuqori dinamikani qayd etdi, AQSh ichki reyslarida esa 1–2 foiz atrofida pasayish kuzatildi.

Yuk tashish segmenti ham ijobiy natija ko‘rsatdi: global talab 5,5 foizga oshdi, xalqaro yuk tashuvlari esa 6,9 foizga ko‘tarildi. Eng katta o‘sish Afrika aviakompaniyalarida (+15,6 foiz) hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (+10,3 foiz) qayd etildi. Shu bilan birga, talab Shimoliy Amerikada (-1,6 foiz) va Lotin Amerikasida (-4,8 foiz) kamaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » IATA noyabrda dunyo yoʻlovchi oqimi 5,7 foizga oshganini maʼlum qildi