date

Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili 5 yilga qamaldi

Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili 5 yilga qamaldi

Sud Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvilini besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U noqonuniy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha aybini tan olib, prokuratura bilan protsessual kelishuvga borgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Qamoq jazosi bilan birga Garibashviliga 1 million lari miqdorida jarima ham belgilandi. Tergov davomida musodara qilingan barcha aktivlar — yirik miqdordagi naqd pullar va qimmatbaho buyumlar ham — davlat foydasiga olib qo‘yildi.

Hukm 2025 yil oktyabrida boshlangan keng ko‘lamli antikorrupsiya amaliyoti yakuni bo‘ldi. O‘shanda 24 manzilda, jumladan Garibashvili hamda Davlat xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Grigol Liluashvilining uylarida o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida 7 million dollardan ortiq naqd pul topilgani aytiladi.

Musodara qilingan mulklar ro‘yxatida 200 ga yaqin zargarlik buyumi va qimmat soatlar, kolleksion kartinalar, 100 dan ortiq elektron qurilma hamda minglab sahifali maxfiy hujjatlar ham qayd etilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Garibashvili 2013–2024 yillarda yuqori davlat lavozimlarida ishlagan davrida yashirin ravishda tijorat faoliyati bilan shug‘ullangan, tushumlarni esa deklaratsiyalarda “qarindoshlardan sovg‘a” sifatida ko‘rsatgan. Ish bo‘yicha 230 dan ortiq prokuratura va maxsus xizmat xodimi jalb qilingani, to‘plangan dalillar uni tergov bilan kelishuvga borishga majbur qilgani bildirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili 5 yilga qamaldi