AQSh hukumati Grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi, degan gap-so‘zlar so‘nggi vaqtlarda tez-tez quloqqa chalina boshladi.
AQShda doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi grin-karta (yashil kartochka) uzoq yillardan beri millionlab insonlar uchun AQSh darvozasini ochadi. O‘zbekistondan, masalan, yiliga o‘rtacha 2-3 ming kishi shu tarzda immigrasiya qiladi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Grin-karta lotereyasi bekor qilinishiga kimdir ishondi, yana kimdir bu haqda aniqroq ma’lumot olishni xohladi. Masalaga oydinlik kiritish uchun internet tarmog‘ida aynan shu mavzuda yoritilgan xabarlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqdim.
Hammasi Kongressga bog‘liq
Ma’lumotlarni o‘qir ekansiz, Green Card yo‘q qilish masalasi allaqachon va bir necha marotaba davlat darajasida ko‘tarilganiga guvoh bo‘lish mumkin. E’tiborlisi, immigrasiya masalasini uzil-kesil hal qilish istagida yonuvchi respublikachilar grin-kartani yo‘q qilish uchun ovoz berib kelayotgan bo‘lsalar, demokratlar respublikalarning bu ishtiyoqiga qarshi chiqmoqda.
Hammasi biz o‘ylaganchalik oddiy emas. Respublikachilar Green Card lotereyasini to‘liq bekor qilish haqida emas, balki mamlakatga kirib kelayotganlarni yaxshiroq "filtrlash" to‘g‘risida og‘iz ochishmoqda. Masalan, respublikachi Darell Aysa ma’lum bir navbatlar tashkil qilish haqida gapirgan. Uning fikricha hozir kimga ehtiyoj ko‘proq, deylik, olimgami yoki ofisiantga — AQShning o‘zi ajratib olishi kerak, degan bir taklifni ilgari surgan.
Grin-karta javobini 13 yil kutasiz…
SlavicSac.com nashri respublikasi-senatorlar Tom Kotton va Devid Perdyu AQSh immigrasiya tizimini tubdan o‘zgartiruvchi qonun loyihasi ustida ishlashayotganini ma’lum qildi. Qonunchilik loyihasi mualliflari rejasiga ko‘ra, endilikda mamlakatga kirib kelayotgan chet elliklar soni teng yarmiga — million nafardan 500 minggacha qisqarishi mumkin.
Gap shundaki, Tom Kotton va Devid Perdyular AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi lotereya (grin-karta) dasturini bekor qilish, immigrantlar oila a’zolariga mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirish hamda AQShda ishlash huquqiga ega bo‘lish shartlarini qiyinlashtirish (bunday ruxsatnomani olish uchun 13 yilgacha kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin) orqali immigrantlar sonini keskin kamaytirish mumkin, degan taklifni ilgari surganlar.
Tom Kotton va Devid Perdyular ularning bu taklifi joriy yilning o‘zidayoq Senat tomonidan ko‘rib chiqilishiga umid qilishmoqda. Kotton va Perdyuning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonunchilik loyihasi haqida e’lon qilishdan oldin ular prezident Tramp bilan uchrashishgan va bu masalani u bilan muhokama qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»