Misrda halokatli YTH: Qatarlik uch diplomat vafot etdi

1 daqiqa o'qish440
Misrda halokatli YTH: Qatarlik uch diplomat vafot etdi

Misrning mashhur sayyohlik shahri — Sharm-ash-Shayxda og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada G‘azo bo‘yicha xalqaro muzokaralarda ishtirok etayotgan Qatar delegatsiyasining uch nafar a’zosi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “El Fagr” nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar Qatar Bosh vaziriga hamrohlik qilayotgan protokol xizmati xodimlari bo‘lgan. Ular — Abdulloh ibn G‘anim Al-Xayarin, Hasan Al-Jobir va Saud bin Tamer Al-Tan ekani ma’lum qilindi.

YTH oqibatida yana uch kishi og‘ir tan jarohatlari olgan va ular Sharm-ash-Shayx xalqaro shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Mahalliy jurnalist Amr Adib MBC Egypt telekanalidagi “Al-Xekaya” dasturida hodisa shahardan taxminan 50 kilometr uzoqlikda ro‘y berganini ma’lum qildi.

Bu fojea Qatar, Misr va AQSH ishtirokidagi muhim diplomatik muzokaralar avjida sodir bo‘ldi. Qatar tomoni an’anaviy ravishda G‘azo bo‘yicha tinchlik jarayonida vositachi sifatida qatnashib keladi.

Misrda halokatli YTH: Qatarlik uch diplomat vafot etdi

Oktyabr oyi boshida Doha delegatsiyasi Misr va AQSH bilan birgalikda HAMAS bilan muzokaralarni boshlagan edi. Qatar HAMASning AQSH orqali ishlab chiqilgan tinchlik rejasiga rozilik bildirishini ijobiy qadam sifatida baholagan.

9 oktyabr kuni Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish hamda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv imzolangandi. Bu jarayonda Qatar faol diplomatik vositachi sifatida qatnashgan edi.

Shu tariqa, Sharm-ash-Shayxdagi fojea nafaqat inson hayotini yo‘qotdi, balki mintaqadagi nozik diplomatik jarayonlarga ham soya soldi. Qatar rasmiylari voqea bo‘yicha rasmiy bayonot tayyorlayotgani ma’lum qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?