Xitoy hukumati AQSh Prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik qo‘shimcha boj joriy etish haqidagi bayonotiga keskin javob berdi. Pekin bu harakatni “AQShning odatdagi ikkiyuzlamachiligi” deb atadi.
Xitoy Savdo vazirligi Tramp tahdidini amalga oshirsa, javob choralarini ko‘rishini ma’lum qildi. Rasmiylar “savdo urushi istamaymiz, ammo undan qo‘rqmaymiz”, deb bayonot berdi.
Tramp Xitoyni noyob yer metallarini eksport qilishga cheklov qo‘yganlikda tanqid qildi va Prezident Si Szinpin bilan rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilishi mumkinligini aytdi.
Trampning so‘zlaridan so‘ng AQShda fond bozorlari tushib ketdi. Xitoy esa AQShni “milliy xavfsizlik bahonasida bosim o‘tkazayotganlikda” aybladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar