Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston va Ozarbayjon U-18 terma jamoalari yana bir bor maydonda to‘qnash keldi. Bu safar Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ishonchli o‘yin namoyon etib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuv boshidanok faol o‘tdi — 16-daqiqada mehmonlar safida Shahismayil Jafarov hisobni ochdi. Ammo o‘zbekistonlik yoshlar javob zarbasini uzoq kuttirmadi. 25-daqiqada Quvonchbek Abraev aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbek yoshlar ustunlikni qo‘ldan bermadi — 57-daqiqada yana Abraev gol urib dubl qayd etdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida Diyor Tojiboyevning goli g‘alabani mustahkamladi — 3:1!
Jamoa bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev uchrashuvdan so‘ng shogirdlarining ruhiyati va intizomidan mamnunligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu g‘alaba kelgusi xalqaro musobaqalar oldidan muhim sinov bo‘ldi.
Qayd etish kerak, tomonlar o‘rtasidagi ilk bahs 9 oktyabr kuni o‘tgan va o‘shanda durang — 0:0 natija qayd etilgan edi. Bu safar esa O‘zbekiston yoshlar o‘z so‘zini aytdi.
O‘rtoqlik o‘yini natijasi:
O‘zbekiston U-18 — Ozarbayjon U-18 3:1
Gollar: Quvonchbek Abraev (25, 57), Diyor Tojiboyev (90+3) — Shahismayil Jafarov (16).
O‘zbekiston U18: 1. Alishan Abdutolipov, 2. Shorahim Shorahmedov, 3. Ozod Odiljonov, 4. Behruz Karimov, 5. Azizbek To‘lqinbekov, 7. Quvonchbek Abraev, 8. Abdulfayz Bobomurodov, 11. Ulug‘bek Maratov, 14. Quanish Saydaliev, 19. Muhammadali Dilshodbekov, 22. Davron To‘laganov.
Zaxiradagilar: 1. Akbar Masharipov, 21. Sirotillo Yusupxонов, 6. Behruz Erkinov, 9. Diyor Tojiboyev, 10. Fazliddin Omonkeldiyev, 13. Diyorbek Tojiyev, 15. Ozodbek Najmiddinov, 16. Shohjahon Abdumannopov, 17. Jasurbek Jumaboyev, 18. Abdulvosid Soliyev, 20. Feruz Zoirov, 23. Saddam Ahmadov.
Ozarbayjon U18: 12. Ayxan Abbaszoda, 2. Seydi Danziyev, 3. Vusal Pashayev, 7. Ziya Shakarxanov, 11. Shahismayil Jafarov, 13. Ali Gazibayev, 14. Aliakbar Rizazade, 16. Muhammadali Mammadov, 17. Ahmad Valiyev, 19. Eltun Babazada, 23. Rashad Alishov.
Zaxiradagilar: 1. Habib Hushanov, 4. Masud Alishanli, 5. Javid Malikov, 6. Tunjay Ahmadov, 8. Anor Husaynov, 9. Nihad Orujali, 10. Mehdi Mutallimli, 15. Omar Nasibov, 18. Ahliman Sulaymonzoda, 20. Murad Mammadov, 21. Rauf Gafarov.
Murabbiylar fikriga ko‘ra, yosh futbolchilarning bu g‘alabasi nafaqat natija jihatidan, balki ruhiy jihatdan ham muhim bo‘ldi — jamoa birlashgan, g‘alabaga ishonch qayta tiklangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!