date

Dushdagi bakteriyalar o‘pka kasalligiga sabab bo‘ladi

Dushdagi bakteriyalar o‘pka kasalligiga sabab bo‘ladi
Olimlar dush bosh qismida millionlab bakteriyalar to‘planishini aniqladi. Suv yo‘liga yig‘ilgan bu mikroblar suv bilan yuzga sachrashi mumkin.

Bakteriyalar dush shlangining ichida “biofilm” deb ataladigan qatlam hosil qiladi. Ular suvdagi ozuqa va plastikdan ajralgan moddalar bilan oziqlanadi.

Ba’zi dushlarda o‘pka kasalligi keltirib chiqaruvchi Legionella bakteriyasi ham topilgan. Ular ayniqsa immuniteti past odamlarga xavfli hisoblanadi.

Mutaxassislar dushni tez-tez ishlatish va tozalab turish, shuningdek, uzoq ishlatilmagan dushni yoqishdan oldin suvni bir necha daqiqa oqizishni tavsiya etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Dushdagi bakteriyalar o‘pka kasalligiga sabab bo‘ladi