Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi keskin avj olib, mamlakat hukumati 15 kishi vafot etganini tasdiqladi. Epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud shimoli-g‘arbiy Radjshahi shahri bo‘lib, bu yerda sog‘liqni saqlash organlari epidemiologik nazorat va holatlarni muntazam monitoring qilishni kuchaytirdi.
Kasallikning tez tarqalishini oldini olish maqsadida Bangladesh hukumati tezlashtirilgan emlash dasturini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qizamiq eng yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi va uning ommaviy tarqalishini to‘liq nazorat qilish uchun aholining kamida 95 foizi emlanishi kerak.
Hukumat kelgusi yakshanbadan boshlab milliy tezlashtirilgan emlash kompaniyasini boshlaydi. Emlash dasturi avvalo yuqori xavfli hududlarda – ayniqsa, Radjshahida amalga oshiriladi. Bu choralar qizamiq epidemiyasining hududiy va milliy tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!