10:30 / 22.06.2017
12 949

“Kandapara”: Fohishalar shaharchasidan reportaj

“Kandapara”: Fohishalar shaharchasidan reportaj
Ba’zi o‘lkalarda fohishalik legal holat hisoblanadi. Osiyo mamlakatlarida esa, ayniqsa, musulmon davlatlarida bu narsa qat’iyan taqiqlanadi. Ammo…

Bangladesh eng qashshoq musulmonlar o‘lkasi hisoblanadi. Yaxshiyamki, bu mamlakatni ozgina bo‘lsada choy o‘simligi boqib turibdi, yo‘qsa…
Bu mamlakatda fohishalik qonuniylashtirilgan. Bangladeshda eng ko‘p uchraydigan jirkanch hodisa bu – insonlarning sotilishidir. E’tiboringizga “Kandapara” shaharchasi haqidagi faktlarni havola etamiz.

“Kandapara” mamlakatdagi eng qadimiy fohishaxona sanaladi. Eng qizig‘i, “Kandapara” bu ko‘cha, mahalla yoki bozor ham emas. “Kandapara” – fohishaxonaga mo‘ljallangan shaharcha. Bangladeshdagi og‘ir turmush tarzi, etishmovchilik, qashshoqlik aholini har ko‘yga solib tashlagan. Eng yomoni, “Kandapara”ga odam sotish. Tasavvur qiling, bir otaning beshta farzandi bor. Shunda ota: beshta farzandim och qolganidan, beshta farzandim kasalmand bo‘lib qolganidan ko‘ra to‘rttasi sog‘lom va to‘q yurgani afzal, deb hisoblaydi. Keyin mo‘may pul evaziga bitta qizini besh yil muddatga “Kandapara”ga qonuniy yo‘l bilan pullaydi. Men u qizning keyingi taqdirini aytib o‘tirmayman sizga. Hadeb, bu so‘zni aytaverish ham “UYaT”.

“Kandapara” shaharchasi qalin va baland devor bilan o‘ralganki, undan qochib ketishning iloji yo‘q. Bu shaharchaga qizlar 12 yoshidan qabul qilinadi, 17 yoshigacha har kun mijozlarning ko‘nglini olib, qarzini to‘lab boradi. 17 yoshida esa boyaqish qizlar “ozod” hisoblanadi va “Kandapara”ni tark etishadi. Agar shuni ozodlik deb bo‘lsa, albatta.
internet materiallari asosida tayyorlandi

Bir umr bigiz qilingan barmoqlar, er qilingan nafsoniyat, xo‘rlik va dog‘ tushgan nomusni ozodlik deb bo‘lsa, albatta.
“Kandapara” 200 yildan beri faoliyat yuritib kelyapti. Ayni damda 800 nafar qiz bu erda “kredit”ini to‘layapti. Oila a’zolari hayotini “sug‘urta” qilyapti.
Bu erdagi qizlar ona bo‘lgudek bo‘lsa, tug‘ilgan chaqaloqlar shu erda “faoliyat” yuritishga majbur. Yiliga “Kanadapara”da o‘nga yaqin bola tug‘ilyapti…

Qizlar 12 yoshdan qabul qilingani bilan, ularning tanasini mukammal holatga keltirish va jozibador ko‘rinishi uchun turli vitaminlar, steroid hamda garmonlar qabul qildirishadi. Natijada, 12 yashar qizaloqlar 13 yoshiga etguncha, katta yoshli ayollarga o‘xshab qolishadi.
Ko‘pincha besh yil ishlab bergan qizlarning hammasi ham qutulib ketolmaydi. Yillar mobaynida ayyorlik va xunrezlik bilan qizlarni yanayam qarzdor qilib qo‘yishadi. Oqibatda, ular muddat tugagandan so‘ng ham uzoq yillar mobaynida “Kandapara”da “ishlash”ga mahkum bo‘lib qolishadi.

Ayni damda Bangladeshda “Kandapara”dan tashqari o‘nlab fohishaxonalar qonuniylashtirilgan. Bu mamlakatdagi yana bitta jirkanch odat – yosh turmushga berish. Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, Bangladeshda turmushga chiqayotgan qizlarning 29 foizi hali 16 yoshga ham to‘lmaganlar. 65 foiz turmushga chiqayotgan qizlar 17-18 yoshlar atrofida. 18 yoshdan o‘tib turmushga chiqqanlar esa atigi 6 foizni tashkil etadi.

Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Kandapara”: Fohishalar shaharchasidan reportaj