Xalqaro tajribada parlamentar boshqaruvning Vestminister tizimi mavjud bo‘lib, bunday huquqiy asoslangan mexanizm Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. Uning ichki olami va tabiati juda murrakab, lekin deyarli mukkamal darajada ishlaydi. Eng qiziq jihati esa «Soyadagi hukumat»ning tuzilishi, uning faoliyati va amaldagi hukumat bilan raqobatlashib yashashidir. Hammasini tushunish uchun bir boshdan boshlaymiz.
«Soyadagi hukumat» asosan saylovda kam ovoz to‘plab, parlamentda katta o‘rin egallamagan hamda hukumat tarkibiga kira olmagan siyosiy partiya vakillaridan tuziladi. Muqobil boshqaruv jamoasining har bir vakili tayinlangan amaldagi hukumat tarkibidagi vazirlar, rahbarlarga o‘zini muxolif, deb e’lon qiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvi, islohotlarning olib borilishi va tashqi siyosat masalasida hukumatning u yoki bu harakatini tanqid qilib, o‘zining echimini taklif etib boradi.
«Soyadagi hukumat»ni muxolifat partiyasining eng taniqli va obro‘li siyosatchisi boshqaradi. Masalan, ta’lim vaziriga qarshi norasmiy ta’lim vaziri tanlanadi, «soya»dagi kishi doimo uning faoliyatini kuzatib boradi, tanqid va taklif bildiradi. Amaldagi rasmiy vakil esa o‘z lavozimiga loyiq bo‘lishga qattiq harakat qiladi.
Tarixda ilk bor 1951 yil siyosatchi Hag Geytskell mamlakat Bosh vaziri Uinston Cherchill boshqaruviga bir tomondan yordam berish, ikkinchi tomondan uni tanqid qilish maqsadida «Soyadagi hukumat» tarkibini shakllantiradi. Rasman bu tarkibdagi norasmiy vazirlar «Hazrati Oliyaga sodiq muxolifat» deb nomlanadi, chunki amaldagi hukumatga «Hazrat Oliyalarining hukumati» deb murojaat qilish qabul qilingan. Monarx hukmron bo‘lgan Birlashgan Qirollikda uning maqomini shubha ostiga qo‘ymaslik uchun «sodiq» so‘zi qo‘shib yoziladi.
Irlandiya qonun chiqaruvchi organida kuzatilgani kabi ba’zida uchinchi taraf siyosatchilari tomonidan ham muxolifat yaratiladi. Buning bilan ko‘pchilikni tashkil qilib turgan siyosiy guruhlarni qo‘llamay, erkin fikrda qolishni istagan kishilar uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Bu siyosiy parlament tajribasi Shri-Lanka, Malayziya, Kanada, Bagam orollari, Tailand, Serbiya, JAR, Sloveniya, Polsha, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlarda ham uchraydi. Ulardan yana bir mashhuri - Italiyadagi «Governo ombre», o‘z ma’nosida u ham «Soyadagi hukumat» hisoblanadi va hukumat vakillariga qarshilantirilgan muxolifat vakillari e’lon qiladi. Agar Italiya misolida ko‘rsak, bu jarayonda OAV ham katta rol o‘ynaydi, negaki, norasmiy vazirning taklifi va tashabbusi bevosita mahalliy OAVda yoritiladi, bunday «yurishlar» xalq orasida qiziqish bilan kutib olinadi. Shuning uchun, ko‘p g‘arbiy davlatlarda aholining siyosiy absentizm (nofaollik) kayfiyatida yashamasligini, ularning ko‘pchiligi mamlakat siyosiy hayotiga aloqadorligini bildirishini his qilish mumkin.
O‘zbekistonda ham shunga turdosh tajriba mavjud, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitusiyaviy qonunning 25-1 moddasida belgilanganidek, yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Shunday qilib, 2015 yil 16 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini parlamentda ko‘pchilikni tashkil etayotgan Demokratik kuchlar blokiga muxolifat deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar