
Ispaniya chempionatining oʻninchi turida Madridning "Atletiko" jamoasi safarda "Betis"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu natija haqida "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone oʻz fikrlarini bildirdi.
"Biz ajoyib oʻyin oʻtkazdik, ayniqsa birinchi boʻlimda juda yaxshi harakat qildik va 2:0 hisobida oldinga chiqdik. Tanaffusdan soʻng birinchi boʻlimdagi aniq oʻyinimizni davom ettira olmadik, lekin hisobni saqlab qoldik.
Bu biz uchun va La Liga turnir jadvalidagi holatimiz uchun muhim gʻalaba", dedi bosh murabbiy matbuot anjumanida. Oʻn turdan soʻng Madrid jamoasi 19 ochko toʻplab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar