20:09 / 10.11.2017
5 226

Istanbulda IShID bilan aloqada gumondor 82 chet el fuqarosi ushlandi

Istanbulda IShID bilan aloqada gumondor 82 chet el fuqarosi ushlandi
Istanbul politsiyasi 10 noyabr, jumaga o‘tar kechasi 82 nafar chet el fuqarosini hibsga oldi. Ular IShID terrorchi guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, hibsga olinganlar Suriyaga o‘tib, IShID saflariga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Hibsga olishlar Istanbulning bir necha tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Ushlanganlarning ishlari sudga oshiriladi.

Bundan tashqari, Adana viloyatida suriyalik 11 kishi IShIDga aloqadorlik gumoni bilan ushlandi.

2016 yil avgustidan buyon Istanbul politsiyasi terrorchilarga qarshi yuzdan ortiq operatsiya o‘tkazdi. Operatsiyalar doirasida mingga yaqin gumondor ushlandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda IShID bilan aloqada gumondor 82 chet el fuqarosi ushlandi