00:33 / 08.05.2018
5 400

Cho‘ponning taqvosi: «Kim mendan hisob so‘raydi: sizmi yo Rabbimmi?!» (video)

Cho‘ponning taqvosi: «Kim mendan hisob so‘raydi: sizmi yo Rabbimmi?!» (video)
Sudanlik cho‘pon uni sinamoqchi bo‘lgan erkaklarga bergan javobi bilan internetni larzaga solgan edi. Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz hamda cho‘pon va yo‘lovchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatni o‘zbekcha tarjimasini o‘qishingiz mumkin.

Erkaklar: Ey, cho‘pon, bizga bitta qo‘yingni sotasanmi?
Cho‘pon: Yo‘q, yo‘q, yo‘q..

E: Nega?
Ch: Bu mening podam emas. Sotolmayman.

E: Hech narsa qilmaydi-ku, bittasini beraqol bizga.
Ch: O shayx, men qanday qilib sizga asli meniki bo‘lmagan narsani beraman, axir?

E: Buning hech bir yomon joyi yo‘q, hech narsa qilmaydi. Egasiga «bittasi yo‘qolib qoldi», dersan.
Ch: Mening ularga bittasi yo‘qolib qoldi deb yolg‘on gapirishimni istayapsizmi? Bunday qilish harom emasmi, axir?! Lahadga kirganimdan keyin, unda «yo‘qolib qoldi» degan bahona bor ekanmi?

E: Nima u lahad?
Ch: Lahad – qabr, ya’ni. Vaqtim yetib, meni qabrga qo‘yishganida unda asos qilishim uchun «yo‘qolib qoldi» degan bahona bormikan? Yo‘q, unda «yo‘qolib qoldi» degan bahona yo‘q.

E: Ya’ni sen u yerda buning uchun hisob so‘raladi demoqchisanda, a?
Ch: Albatta, Allohga qasamki, bu eng qiyin hisob.

E: Podachilik qilayotganing haqida nima deb o‘ylaysan: o‘zingni qulay his qilasanmi? Ya’ni, kun bo‘yi qo‘ylarning orqasidan yurganing uchun o‘zingni qulay va baxtiyor his qilsanmi?
Ch: Ha, albatta, o‘zimni juda yaxshi his qilaman, Allohga ming shukr. Kimki rizqini halol yo‘l bilan topar ekan, u qanaqa ish bo‘lishidan qat’i nazar, albatta bu – yaxshi, taskin qiluvchi narsa. Alhamdulillah.

E: Hay, mayli, baribir beraqol bizga bitta qo‘yingni.. Alloh ota-onangdan rozi bo‘lsin.
Ch: Yo‘q, shayx, bunday qilolmayman. Bu xuddiki osmon yerga qulab tushishi bilan teng.

E: Nega? Qanaqasiga?
Ch: Mana, o‘zingiz bir qarang. Osmon (qo‘lini tepaga qilib) va yer (pastni ko‘rsatib), ular bir-biriga yaqin kela oladimi?

E: Yo‘q, albatta.
Ch: Ana ko‘rdingizmi, u holda sizga hech qanaqa qo‘y berolmayman.

E: Tushunmadik, nima demoqchisan o‘zi?
Ch: Sizga bitta qo‘yimni berishim uchun, avvalo, osmon bilan yer birlashishi kerak.

E: Kel tortishmaylik. Mayli, senga 200 riyal beramiz qo‘ying uchun.
Ch: Shoshmang, shayx, bu misol bilan aytmoqchi bo‘lganim – bu holning bo‘lishi mumkin emas, ya’ni osmon bilan yer hech qachon birlashmaydi, to‘g‘rimi?

E: Biz senga 200 riyal beramiz dedik-ku, axir.
Ch: Allohga qasamki, agar siz menga 200 000 riyal ($53,000 atrofida) bersangiz ham. Ka’baning Hukmdori bo‘lgan Allohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, 200 000 riyal evaziga ham men sizga bitta ham qo‘yimni bermayman.

E: Qo‘ysangchi, cho‘pon. Nima uchun, axir? Seni bu yerda – sahroning qoq o‘rtasida hech kim ko‘rmaydi-ku baribir.
Ch: Kechirasiz, nima?

E: Aytmoqchimanki, seni bu cho‘lning o‘rtasida hech kim ko‘rmaydi, nima qilayotganingni bilmaydi va biz hech kimga aytmaymiz.
Ch: Allohchi?! U ham meni ko‘rmaydimi?!

E: Yo‘q, nega, U seni ko‘radi, albatta.
Ch: Unda bo‘ldi! Kim mendan hisob so‘raydi: sizmi yo Rabbimmi?!
Maryam tarjimasi

—----
Biz aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu cho‘pon keyinchalik arab dunyosida juda mashxur bo‘lib ketgan. Hatto saxiy tadbirkorlardan biri bu videolavhani ko‘rgach cho‘ponning taqvosi uchun uni 200 000 riyal bilan mukofotlagan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Cho‘ponning taqvosi: «Kim mendan hisob so‘raydi: sizmi yo Rabbimmi?!» (video)