09:23 / 06.07.2018
4 601

Rossiyada tojikcha familiyaga ega mehnat muhojirlariga qiyin bo‘lmoqda

Rossiyada tojikcha familiyaga ega mehnat muhojirlariga qiyin bo‘lmoqda
Tojikistonlik minglab kishilar suffiksi «-vich» va «-ov» bo‘lgan familiyalarga qaytmoqda, deb yozadi «Xabar» nashri.

«Qo‘mitamiz mutaxassislari qator tumanlar – Yovon, Spitamen, Istaravshan, Shahriston va Matchoda tadqiqotlar olib borishdi. Rossiyadan qaytgan ko‘plab mehnat muhojirlari familiya va otasining ismi bo‘yicha muammolarga duch kelganini aytishgan. Shu bois ular yana ruscha familiyalarga qaytishni afzal bilishmoqda», – deydi Tojikiston hukumati qoshidagi Til va atamalar qo‘mitasi xodimi Abdurahim Zulfoniyon.

Bunday holat poytaxt Dushanbe shahrida ham kuzatilgan. Dushanbe shahri Firdavsiy tumani FHDYo bo‘limi mudiri Sayohat Do‘stizodaning xabar berishicha, odamlar o‘z familiyalarini ruschaga o‘tkazish yuzasidan murojaat qilishayotgan ekan. Uning fikricha, familiyalar o‘zgartirilsa-da, baribir Rossiyada ularga oson bo‘lmaydi.

«Lekin ko‘plab tojikcha familiya: -i, -zod, -zoda, -on, -yonga ega kishilar Rossiya fuqaroligini olgan», – deydi Sayohat Do‘stizoda.

Sinchilarning ma’lum qilishicha, familiyalarni ruschalashtirish politsiyadan qutulish imkonini berar ekan. Chunki ruscha familiyaga ega bo‘lgan fuqarolardan ko‘ra ko‘proq tojikcha familiyaga ega kishilar Rossiya hududidan chiqarib yuborilayotgan ekan.

2007 yilning boshlarida Tojikiston prezidenti boshchiligida ko‘plab mulozimlar tojikcha familiyaga o‘tishgan edi.

2011 yilda esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga familiya berishda milliy qadriyatlarni qadrlash qonun bilan belgilab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada tojikcha familiyaga ega mehnat muhojirlariga qiyin bo‘lmoqda