Nargiza Abdullayeva 22 yildan so‘ng Hasan Habibullayev bilan yana bir sahnada

Aktrisa Nargiza Abdullayeva muxlislari uchun quvonchli yangilikni ma’lum qildi. U 22 yil avval suratga olingan va tomoshabinlar xotirasida qolgan “Begona bahor” filmidagi egizak farzandlardan biri — aktyor Hasan Habibullayev bilan yana bir loyihada birga ishlayotganini bildirdi.
Aktrisaning aytishicha, bu safar ular mutlaqo yangi filmda hamkorlik qilmoqda. Yangi loyihada Nargiza Abdullayeva qizi uchun munosib kuyov topgan ona obrazini ijro etadi. E’tiborlisi, aynan shu kuyov rolini Hasan Habibullayev gavdalantirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa hozircha filmning nomini oshkor qilmagan va uni sir saqlashni ma’qul ko‘rgan. Biroq u yangi loyiha juda yuqori saviyada ishlanayotganini, ssenariy va suratga olish jarayoni juda qiziq kechayotganini ta’kidladi.
Nargiza Abdullayeva, shuningdek, mazkur ish tomoshabinlar uchun ajoyib film va serial darajasida bo‘lishini, uni albatta ko‘rish kerakligini ham qo‘shimcha qildi.
