Mashhur turk xonandasidan G‘azoga yirik xayriya

Turkiyalik mashhur san’atkor Yildiz Tilbe G‘azoda boshpanasiz qolganlar uchun Quddusdagi ko‘ngillilar tashkilotiga 300 ming AQSh dollari xayriya qildi. Ushbu mablag‘ evaziga G‘azoda ikkita to‘liq jihozlangan chodir shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilgan va qurilish ishlari boshlangan. Shaharchalarni Ramazon oyigacha tayyorlash, shuningdek, falastinlik oilalarga yordam berish uchun xayriya konserti o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Turkiyalik mashhur san’atkor Yildiz Tilbe G‘azo sektorida boshpanasiz qolganlar uchun katta saxovat namunasini ko‘rsatdi. U Quddusdagi ko‘ngillilar tashkilotiga 300 ming AQSh dollari miqdorida xayriya qilib, bu mablag‘ evaziga G‘azoda ikkita to‘liq jihozlangan chodir shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Tilbe tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordam ortidan vayron qilingan hududlarda tozalash ishlari nihoyasiga yetkazildi va qurilish jarayonlari boshlab yuborildi. Ushbu shaharchalarning Ramazon oyigacha tayyor bo‘lishi mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, xonandaning G‘azoda yashayotgan falastinlik oilalarning oziq-ovqat muammolarini yengillashtirish maqsadida xayriya konserti berishi ham rejalashtirilgan.
Yildiz Tilbe bu haqda shunday deydi:
“Hammasi Alloh roziligi uchun. Qo‘limdan kelganicha yordamni davom ettiraman.”
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda ajratgan 300 ming dollar — uning umumiy moliyaviy holatining yarmiga teng. Bu esa Tilbening xolis va chin yurakdan qilgan yordamini yanada ta’sirli qiladi.































Izohlar 0
…