23:12 / 31.08.2018
5 180

“Yanchib tashlayman”. Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi

“Yanchib tashlayman”. Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi
Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tahdid qilgani haqidagi maʼlumotlarni rad etdi. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu maʼlumotlar Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandning xotira kitoblarida keltirilgandi. U yerda bildirilishicha, Putin Poroshenkoni Ukraina armiyasini “yanchib tashlashi” haqida ogohlantirgan.

Peskovning soʻzlariga koʻra, Putinda ruslarni kamsitish holatlari boʻyicha “juda qatʼiy pozitsiya” mavjud. Uning qayd etishicha, deyarli barcha muzokaralarda qatnashgan, ammo prezidentdan bunday soʻzlarni eshitmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Poroshenko “Moskvaning qisqichlari” haqida gapirib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Yanchib tashlayman”. Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi