Taniqli faylasuf olim Entoni Flyuning ma’ruzasi ilmiy doiralarni larzaga soldi. 80 yoshli olim uzoq yillar davomida ilmiy ateizm binosining ustunlaridan biri edi. Bir necha o‘n yillar davomida Flyu Xudoga e’tiqod qilish noo‘rinligi to‘g‘risidagi tezislarga asoslangan kitoblarni nashr qilar va ma’ruzalar o‘qirdi.
So‘nggi paytlarda e’lon qilingan ilmiy kashfiyotlar ateizm himoyachisining qarashlarini o‘zgartirishga majbur qildi. Flyu o‘zining zalolatda qolgani, Koinot esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaganligini va u, biz tasavvur qilganimizdan ham qudratliroq bo‘lgan Zot tomonidan yaratilgani ochiq-oydin ekanligini e’lon qildi.
Flyuga ko‘ra, u oldin boshqa ateistlar singari qachonlardir azalda o‘lik materiyadan birinchi tirik materiya paydo bo‘lganiga ishonchi komil edi. “Bugungi kunda hayotning hamda birinchi reproduktiv organizmning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ateistik nazariyaning barpo etilishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi”, – deydi Flyu.
Olimning fikriga ko‘ra, DNK molekulalarining tuzilishi to‘g‘risidagi hozirgi zamon ma’lumotlari uning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, balki buni kimdir ishlab chiqarganini isbotlamoqda. Molekula o‘zida saqlayotgan irsiy kod hamda ensiklopedik hajmdagi axborot ko‘r-ko‘rona moslashuv imkoniyatini istisno etadi.
Manba: Islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”