13:56 / 27.12.2018
4 209

Iroqqa borgan Tramp bosh vazir bilan ko‘rishmay qaytdi

Iroqqa borgan Tramp bosh vazir bilan ko‘rishmay qaytdi
Foto: «Rossiyskaya gazeta»
AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Iroqqa bordi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan tashrif oldindan e’lon qilinmagani aytilmoqda. Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders tvitterda ma’lum qilishicha, Qo‘shma shtatlar rahbariga rafiqasi Melaniya hamrohlik qilgan.

Tramp Iroqda mamlakat rahbarlari bilan ko‘rishmadi, tashkiliy ishlarda ikki tomon o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilik sabab uchrashuv Amerika tomonidan bekor qilingan. Shu sabab AQSh prezidanti Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy bilan telefon orqali muloqot qilish bilan cheklanib qo‘yaqoldi.

Donald Tramp va rafiqasi Iroqdagi Amerika qo‘shinlari bazasida harbiylar bilan ko‘rishib, ularni Rojdestvo bayrami bilan tabriklashgan.

Qo‘shma shtatlar yetakchisining safari shu kunning o‘zida qarib, kechga yaqin Vashingtonga qaytdi. Safar xavotirli kechdimi? Bo‘lmasam-chi?! Tramning o‘zi shunday deydi: «Ha, xavotir oldim, o‘zimdan emas, prezidentlik instituti va albattaki, birinchi xonim uchun qayg‘urdim. Axir to‘liq qoraytirilgan samolyotda uchishning o‘zi bo‘ladimi?»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqqa borgan Tramp bosh vazir bilan ko‘rishmay qaytdi