23:13 / 01.02.2019
6 340

Tunislik ayollar ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni talab qilmoqdalar

Tunislik ayollar ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni talab qilmoqdalar
Tunisda bir guruh ayollar ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni talab qilib namoyish o‘tkazish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganlar. Bu haqda Golosislama xabar bermoqda.

Tunisda ko‘pxotinlilik (polygamy) man etilgan bo‘lib, shaxsiy status kodeksining 18-moddasiga ko‘ra unga amal qilmaganlarga jinoiy javobgarlik belgilangan. Shunga qaramay tunislik bir guruh ayollar ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni parlament oldiga qo‘yish masalasida namoyish uyushtirishga chaqirib, ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan chiqishgan.

Bu xabarni e’lon qilgan “Ozodlik va fuqarolik forumi”ning prezidenti Fath al-Zgal “mazkur namoyishlar o‘z-o‘zidan yuzaga kelganini va mamlakatda turmushga chiqmagan ayollarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tadbir doirasida amalga oshirilayotganini”, tasdiqladi.

Al-Zgal “Alkaliyal Online”ga bergan intervyusida garchi namoyish o‘tkazishga o‘zi chaqirmagan bo‘lsada, biroq bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini, shu orqali turmushga chiqa olmayotgan ko‘pchilik ayollar muammosiga yechim topilishi mumkinligini bildirgan.

Shuningdek, u shaxsiy status to‘g‘risidagi qonunning barcha moddalarini – Tunisdagi ayollarning huquq va erkinliklarini belgilaydigan qonunlarni qayta ko‘rib chiqishni ham taklif qildi. “Gap faqat ko‘pxotinlilikda emas, shariat qonunlariga zid keladigan oilaviy ajrim tartib-qoidalaridagi nohaqliklar, bolalarni asrab olishda yechimini kutayotgan masalalar ham bor”, dedi u.

Al-Zgal avvalllari ham matbuot uchun bergan bayonotlarida Tunisda ko‘pxotinlilikka yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lsa ayollar o‘zlarining noroziliklarini bildirib namoyishda ishtirok etishlari mumkinligi haqida aytib o‘tgandi. Uning aytishicha, “norozilik hech qanday siyosiy tashkilot bilan bog‘liq emas va hech qanday uyushma unga rahbarlik qilmaydi”.

Ko‘pxotinlilikka chaqiruvchi namoyishlar tunisliklar o‘rtasida ko‘plab-bahs munozaralarni yuzaga keltirdi, biroq uni shariat bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydiganlar juda ozchilikni tashkil etmoqda.

Islomiy sivilizatsiya tadqiqotchisi Sami Braham shunday deb yozadi: “Oila qurish imkonidan mahrum bo‘lgan, turmushga chiqmagan ayollar, ko‘pxotinlilik ularning turmushga chiqishiga imkon beradi, deb hisoblaydilar. Biroq men o‘zim mansub bo‘lgan jins vakili sifatida aytmoqchimanki, agar ko‘pxotinlilikda rahm-shafqat va mehr-e’tibor ustuvor qo‘yilmasa, erkaklar tomonidan nohaqliklar yuzaga keladi va ular orasida yosh qiz-juvonlarni ko‘ngli tusaydiganlar ko‘payishi natijasida bu borada qarama-qarshiliklar yanada kuchayadi”.

Ko‘plab faollar ko‘pxotinlilikka chaqiruvi bu namoyishlar kelgusi saylovlar oldidan “islomiy” An-Nahda harakatining obro‘sini to‘kish uchun siyosiy partiyalarga nishonga bo‘lishiga ishonishmoqda. Namoyishchi Muhammad Nur Muso namoyishni “rejimni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni va uning sheriklarini islomiy an-nahdaning harakatlarini buzish uchun safarbar etishni maqsad qilgan” “shaytoniy g‘oya” deb ta’riflagan. “Bu buzg‘unchilik rejasi bilan Tunisning oqil xalqini aldab bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Boshqa bir faol Rauf Al-G‘zani “An-Nahda” obro‘sini to‘kishga qaratilgan bu harakatlarni Tunis prezidenti Beji-Qaida Essebi yaqinlari qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlab, odamlarni bu chaqiriqlarga e’tibor qilmaslikka chaqirgan.

Boshqacha aytganda, mazkur namoyishlar tufayli ular “Islomchilar”ga (ular o‘zlarini “musulmon demokratlar” deb atashadi) mazkur namoyishlar tufayli muxolif bo‘lib qolishadi. Chunki ularni aldashadi.

Ayni paytda, Tunis ayollari milliy birligining rahbari Radia Jerbi, shaxsiy status kodeksining moddalari Tunis Konstitutsiyasi tomonidan ma’qullanganini va norozilik tufayli o‘zgartirilishi mumkinligini aytdi.

Jerbining o‘zi ko‘pxotinlilikni talab qiluvchi norozilik chaqiruvlarini “aqldan ozish, patologik fenomen” deb hisoblaydi. Shuningdek, mazkur harakatlar “Tunis xalqining turmush tarzi yoki Tunisdagi ayollarning erishgan yutuqlariga ta’sir qilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.

2017 yil dekabr oyida oila va aholi ishlari bo‘yicha milliy idora tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobotga ko‘ra, Tunis turmushga chiqmaganlar soni ancha yuqoriligi (60 foiz stavkada) bo‘yicha boshqa arab mamlakatlari orasida yetakchilik qiladi.

Hisobotda aytilishicha, mamlakatda mavjud 4,9 million ayolning 2,25 milliondan oshig‘i yolg‘iz yashaydi. 1994 yilda bu ko‘rsatkich 990 mingdan oshgan va ayniqsa, 25-34 yoshdagi ayollar orasida turmushga chiqmaganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Dekabr oyida o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, Tunis turmushga chiqmagan yolg‘iz ayollar bo‘yicha Arab dunyosida to‘rtinchi, Shimoliy Afrikada birinchi o‘rinni egallaydi.

Shu bilan birga, sotsiologlar va faollar ko‘pxotinlik bu muammoga yechim bo‘laolmasligini isbotlashga urinishmoqda. Sotsiolog Salahuddin bin Faraj “Alqalaj Online”ga bergan intervsida: “ko‘pxotinlilik bugungi kunda mavjud bo‘lmagan yangi ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirish mumkin, – Tunisda bu fikrni amalga oshirishning iloji yo‘q, chunki bir asr oldin poligamiyaga ruxsat etilganida u 5 foizdan oshmagan”.

Uning fikricha: “Bu borada sotsiologlarning haq ekanini ham tan olish kerak. Ko‘pxotinlilik demografik yoki ayollarning turmushga chiqmay yolg‘izlanib qolayotganining oldini olishi mumkin biroq zamonaviy jamiyatda bunday oilalarni huquqiy-ma’naviy tarafdan himoya qiluvchi, ularda yuzaga keladigan muammolar yechimini hal etuvchi an’anaviy struktura yo‘q. Shunga qaramay, agar ko‘pxotinlikka ular istaganidek, shariatda ruxsat berilgan ekan, bu borada yuzaga keluvchi muammolarga ham shariatda belgilangan tartib-qoidalar asosida yechim topish mumkin”.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tunislik ayollar ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni talab qilmoqdalar