Foto: Sputnik
Rossiyada 2018 yilda eng ko‘p jinoyat Moskva shahrida sodir etildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib Sputnik xabar qilmoqda.
Rossiya poytaxti Moskvada 2018 yilda 140 mingta jinoyat qayd etilgan. Moskva viloyati 80,2 mingta jinoyatlar soni bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. Eng ko‘p sodir etilgan jinoyatlar soni bo‘yicha Krasnodar o‘lkasi (68,1 mingta) uchinchi o‘rinni egallagan. Chelyabinsk viloyati (64,8 mingta) va Boshqirdiston Respublikasi esa (57,4 mingta) keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, eng kam jinoyat Chukotkada sodir etilgan va eng xavfsiz hudud deb e’tirof etilgan. Bu yerda 2018 yilda 748 ta huquqbuzarlik holati sodir etilgan. Ikkinchi o‘rinda Nenets muxtor okrugi (857 ta jinoyat). Ingushetiya 1,6 mingta huquqbuzarlik ko‘rsatkichi bilan eng xavfsiz mintaqalar uchligiga kiritildi. Keyingi o‘rinlarga Qalmog‘iston Respublikasi (2,7 ming) va Magadan viloyati (2,9 ming) sazovor deb topildi.
2018 yilda jami 1,9 millionta jinoyat sodir etilgani qayd etilgan, bu 2017 yilga qaraganda 3,3 foizga kam.
Jinoyatlarning yarmidan ko‘pi o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish ekanligi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?