
Suriya Kremlga bir necha sabablarga ko‘ra kerak.
Eng avvalo, bevosita Suriyaning o‘ziga tegishli dalillarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, 2015-yilda Asad rejimi jar yoqasiga kelib qolganida Rossiya go‘yoki IShID va boshqa terrorchi guruhlarga qarshi kurashish uchun o‘z qo‘shinlarini Suriyaga kiritdi, lekin aslida Kremlning maqsadi boshqa edi.
Kreml o‘z oldiga Asad rejimini halokatdan saqlab qolishning har qanday yo‘lini qo‘llash maqsadini qo‘ydi.
Ikkinchidan, Moskva sovet davrida bo‘lganidek NATOga uning janubiy chegaralaridan havf tug‘dirish uchun mintaqada o‘zining harbiy borligini saqlashni maqsad qilgan. Gap uzoq yillar davomida Rossiyaning Kavkaz, Qora dengiz, Suriya, Iroq, Sharqiy O‘rtayer dengizi hududlaridagi asosiy raqobatchisi bo‘lgan Turkiya haqida ketmoqda.
Asad rejimining qulashi Kreml uchun nafaqat O‘rtayer dengizidagi o‘zining so‘nggi “g‘arbiy bazalar”idan judo bo‘lishni, balki Qora, O‘rtayer dengizidagi rus harbiy eskadralarining imkoniyatlari cheklanishini ham anglatadi.
Bundan tashqari, Asad rejimining qulashi juda katta strategik mag‘lubiyat sanaladi, chunki shunday bo‘lgan taqdirda Rossiya Yaqin Sharqning “xasta joylari”ga ta’sir o‘tkazish kuchidan mahrum bo‘lgan bo‘lardi. Buning natijasi o‘laroq, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketishga majbur bo‘lar va Suriya ham o‘z-o‘zidan ayonki, shimoldagi ittifoqchisidan qurol-aslaha xarid qilishni to‘xtatgan bo‘lardi.
Uchinchidan, Suriyaga hujum qila turib, Kreml butun dunyoga RF harbiy kuchlari nimalarga qodirligini, bu dahshatli kuch ekanligini namoyish qilishga intilmoqda. “Qo‘rqsa – hurmat qiladi”, - aynan shunday mentalitet Kremld hukm suradi. Buning uchun Aleppo va boshqa shaharlarni ommaviy bombardimon qilish orqali “tomashobop” shoular amalga oshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Kremlning Suriyadagi harbiy amaliyotlari axborot-psixologik sabablarga ham ega.
Yana boshqa sabab – Suriya yangi qurollarni sinab ko‘rish uchun poligon vazifasini o‘taydi.
Piar-natija
Muhim sabablardan yana biri – askarlarini Suriyaga yubora turib, Kreml shunday propaganda o‘ylab topdi: Rossiya go‘yoki zulmat bilan kurashyapti. AQSh ham, Yevropa ham bas kelolmayotgan IShID bilan.
To‘rtinchi sabab, Rossiyaning Suriyaga harbiy huruji va islomchi terrorchilarga qarshi “muqaddas urushi” jamiyat diqqat-e’tiborini ma’lum bir vaqt boshqa narsa bilan ovora qilib, asosiy voqealarni esidan chiqarishga yordam berdi. Masalan, Krim va Danbassdagi voqealar. Oqibatda insoniyat ongida mana bunday taassurot uyg‘ondi: “Insonparvar rus askarlari Suriya va xristian dunyosini IShID havfidan xalos qildi”.
Parijdagi terraktlar uchun Kremlning “o‘ch”ini eslash kifoya, o‘shanda Suriyaga rus qiruvchi uchoqlari “Parij uchun” yoziqli bombalar bilan uchgan, go‘yoki bu bombalar IShID pozitsiyalariga qarab yo‘naltirilgan edi.
Moskvaning yana bir axborot amaliyoti qadimgi Suriya shahri bo‘lmish Palmiradagi konsert bo‘ldi. Mazkur tadbirning asosiy propaganda messaji shundan iboratki, IShID – bu odamlarni o‘ldiryotgan va tarixiy madaniy yodgorliklarni yakson qilyotgan yovvoyi va qotillardir. Agar Moskva aralashmasa, varvarlar Palmirani ham kunpaya kun qilardilar.
Konsertni o‘tkazish joyi qilib bejizga Palmira shahridagi amfiteatr tanlanmagan. Bu qadimgi palmiraliklar teatr tomosha qilishga keladigan o‘sha amfiteatrdir va bu jangarilar u yerda asirlikka tushgan 25 askarni yovvoyilarcha o‘ldirib tashlagan o‘sha teatrdir.
Propaganda messaji xabar beradiki, faqat Rossiya ko‘magidagina Suriya armiyasi Palmirani IShID jangarilaridan qutqara oladi. Butun dunyo ko‘rib qo‘yishi kerak, Rossiya – butun nasroniylik sivilizatsiyasining tayanchi va xalqaro terrorizm bilan kurashuvchidir.
Beshinchidan, Rossiyaga Suriya shuning uchun kerakki, u Kreml qalin do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan shia Eroni bilan bog‘liq.
Tehron ham, Moskva ham Asad rejimini qutqarish uchun birgalikda amaliyot boshlagan. Shia Eroni ma’lumki o‘zini barcha shialarning yetakchisi deb biladi va o‘z atrofida shia guruhlarini shakllantirdi (Suriya, “Xezbolla”, aholisining 60%ini shialar tashkil qiladigan Iroq).
Oltinchidan, IShID va Front an-Nusra (Al Qoidaning Suriyadagi sho‘basi) ko‘rinishidagi mutaassib salafiy islomchilarning “ari uyasi”ning tinchligini buzish orqali Moskva Yaqin Sharqdagi holatni izdan chiqarishga urinmoqda. Bu orqali esa qochqinlar oqib boradigan Turkiya va Yevropa uchun beqarorlikning yangi o‘choqlarini yaratdi.
Qo‘shimchasiga esa – ko‘rinishidan beozor suriyalik qochqinlar orasiga maxsus islomchi mutaassiblar joylashtirib qo‘yiladi. Aynan o‘shalar yangi qo‘nim topgan joylarida vaziyatni izdan chiqarish uchun o‘z rollarini qoyilmaqom qilib bajardi.
Xulosa bitta – bularning bari Yevropaning ichki xavfsizlik tizimini buzdi, musulmonlarga qarshi nafratni (ksenofobiya) qo‘zg‘adi, o‘ta so‘l va ultrao‘ng radikallar, populist siyosatchilar chiqishlarini zo‘raytirib yubordi.
Yettinchidan, Suriya ustidan nazorat o‘rnatish avvaldan rejalashtirilgan Qatar-Turkiya gazo‘tkazgichini qurish uchun imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardi. Mazkur gazo‘tkazgichning bunyod etilishi RF iqtisodiyotning asosiga putur yetkazgan bo‘lar edi.
Bundan tashqari, Rossiya Damashq orqali Suriya, Turkiya va Iroq qurdlarini qo‘lida o‘ynatishi mumkin. Xohlasa Anqaraga qarshi, xohlasa Tehronga qarshi.
[leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly96YW1pbi51ei9kdW55by81NTQ3MC1yb3NzaXlhbmluZy1zdXJpeWFnYS10YXZha2thbGxhcmNoYS15dXJpc2hpbmluZy1ldHRpLXNhYmFiaS0xLXFpc20uaHRtbA%3D%3D]Rossiyaning Suriyaga tavakkallarcha yurishining yetti sababi (1 qism)[/leech]
Vladimir Sazonov,
Tartu universiteti (Estoniya) katta ilmiy xodimi.
Tartu universiteti (Estoniya) katta ilmiy xodimi.
Manbalar asosida "Ildiz"da tarjima qilindi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar