15:43 / 28.08.2019
3 763

Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi birinchi uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi birinchi uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Fransiyada "Normand muzokaralari" doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida birinchi uchrashuv o‘tkaziladi.

Sentyabrda davlat va hukumat rahbarlari darajasida “Normand uchrashuvi”ni o‘tkazish rejalashtirilmoqda, bu haqda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron G7 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz sentyabrda “normand” formatida davlat va hukumat rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazmoqchimiz, biz buni bayonnomalashtirdik, va bu sammit yakunlari bo‘yicha chop etiladigan hujjat matnida ham bor”, - dedi Makron.

“Normand to‘rtligi” – Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha guruh. Ushbu formatga Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya kiradi.
Birinchi uchrashuv 2014 yil 6 iyunda o‘tkazildi. Minskda 2015 yil 11-12 fevralda eng uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilish 17 soat davom etdi.

Ukrainada Pyotr Poroshenko prezident bo‘lgan vaqtda “normand to‘rtligi”ning faoliyati deyarli to‘xtab qolgandi.
Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand formati”da muzokara o‘tkazishni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taklif qilgandi.

Ukraina yetakchisi bu muloqotga AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘sha vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Tereza Meyni taklif etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi birinchi uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi