date
views 4 973

Keyingi 50 yilda dunyoning ko‘rinishi qanday bo‘ladi?

Keyingi 50 yilda dunyoning ko‘rinishi qanday bo‘ladi?
Foto: Samsung
Suv osti yo‘llari, xoverbord sport musobaqalari (Quyosh batareyasida ishlaydigan ikki g‘ildirakli harakatlanish vositasi), fazodagi sayohat – bularning bari keyingi 50 yilda oddiy holatga aylanib qoladigan voqeliklar, deb yozadi Daryol nashri, kelajak haqidagi ilmiy bashoratlar tahlilidan kelib chiqib.

Ilmiy bashoratda, shuningdek, o‘zini o‘zi tozalaydigan uylar, 3D bosma uskunasi yordamida inson a’zolarini ishlab chiqarish kundalik hayotimizdan o‘rin olishi haqida ham taxminlar qilinadi. Nashrning ma’lum qilishicha, bu ilmiy taxminlar Samsung kompaniyasi buyurtmasi asosida olimlar va futuristlar yordamida ro‘yxat qilingan.

«Samsung KX50: ob’ektivda kelajak» nomli ma’ruzada 2069 yilga borib transportda inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lishi, bunda Buyuk Britaniya va Yevropa qit’asini bog‘lovchi harakatlanuvchi konteynerlar yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi va bular uzoq masofalarni bir soatdan kamroq vaqtda bosib o‘ta olishi aytiladi.

Foto: Samsung
Yo‘lovchilar uchar taksi va avtobus xizmatlaridan foydalana boshlaydilarki, bu yo‘llardagi tirbandlik muammosini hal qiladi. Uzoq masofalarga esa atmosferaning yuqori qavatida yuqori tezlikda harakatlanuvchi raketalar yordamga keladi va London – Nyu-York sayohat vaqtini 30 daqiqaga borib bormay ado etsa bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash borasida gap ketganda, odamlar sog‘lig‘ini butun hayoti davomida kuzatib boruvchi va kasallik simptomlarini istalgan tilga tarjima qilib beruvchi yordamchilar paydo bo‘ladi. 3D printerlari esa inson a’zolarini ishlab chiqarishni boshlashi ommalashadi. Oqsilning asosiy manbai hasharotlar bo‘lib qoladi, ularni yetishtirish fermalari paydo bo‘ladi.

«Keyingi 50 yil hayotimizga mehnat qilish va hordiq chiqarish borasida misli ko‘rilmagan texnologik o‘zgarishlar va innovatsiyalarni olib keladi, – deydi ma’ruzachilardan Jaklin de Roxas. – Raqamli inqilob 250 yil oldingi sanoat inqilobi singari kelajak hayotimizni shubha ostiga qo‘yadi».

Ma’ruza doirasida bashoratlarning qay birini amalga oshishini xohlaysiz, degan so‘rovnomaga Britaniyaliklarning javoblari ham ilova qilinadi. So‘rovda ishtirok etganlarning 63 foizi avvalo o‘zini tozalaydigan uylar bo‘lishini, so‘ngra inson sog‘ligini kuzatuvchi moslamalarni, keyin uchuvchi taksi va avtobuslarni paydo bo‘lishini ko‘rishni xohlashini aytishadi.

Foto: Samsung
Texnologiya ekspertlarining top bashoratlari ro‘yxati
1) Suv osti magistrallari: germetiklangan harakat konteynerlari yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi;
2) Yer osti ko‘p qavatli uylari: bunday uylar zilzilalarga o‘ta chidamli bo‘ladi;
3) O‘zi tozalanadigan uylar: siz yo‘lingingizda yoki uxlayotgan paytingizda bir tugmani bosish orqali o‘zini o‘zi tozalaydigan uylar;
4) Tana a’zolarini ishlab chiqaradigan 3D printerlar;
5) Fazo mehmonxonalari;
6) Oqsilga boy hasharotlardan tayyorlanadigan gamburgerlar;
7) Sog‘liqni kuzatadigan va kasallik simptomini aytib, istalgan tilga tarjima qilib bera oladigan uskunalar;
8) Xoverbord sport musobaqalari;
9) Tomoshabin ham, o‘yinchi ham qatnasha oladigan virtual filmlar va o‘yinlar;
10) Uchuvchi taksi va avtobuslar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keyingi 50 yilda dunyoning ko‘rinishi qanday bo‘ladi?