16:41 / 03.12.2019
3 737

Xitoyda eng yuqori martabali uygʻur amaldor bir umrga qamaldi

Xitoyda eng yuqori martabali uygʻur amaldor bir umrga qamaldi
Xitoyda Milliy energetika idorasining sobiq raisi Nur Bakri poraxoʻrlikda aybdor deb topilib, bir umrga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.

Nur Bakri Xitoy hukumatida ishlagan eng yuqori martabali uygʻur amaldor edi. Ellik yetti yoshli sobiq amaldor pora olish, xizmat vakolatini suisteʼmol qilgan holda oila aʼzolariga maxsus haydovchi va lyuks mashina biriktirish singari jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Bakri bir paytlar Sharqi Turkiston (Shinjon muxtor tumani)ni boshqargan. 1982-yilda Xitoy kommunistik partiyasi safiga qabul qilingan. U oʻtgan yilning sentyabrida partiyaning intizom qoidalarini buzish aybi bilan hibsga olingan edi.

Nur Bakri musulmon ozchilikning erkinliklarini cheklash siyosatini qoʻllab-quvvatlagani aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda eng yuqori martabali uygʻur amaldor bir umrga qamaldi