10:07 / 24.02.2020
4 793

Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi

Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi
Foto: Al Jazeera
Armaniston Eronda koronvirus infeksiyasi tarqala boshlangani munosabati bian, islom respublikasi bilan chegarasini yopdi va ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Eronda COVID-19 infeksiyasi tarqalishi oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Yana sakkiz kishi ushbu kasallik sabab vafot etgan. Shunday qilib Eron koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi