14:39 / 04.03.2020
7 084

Kimlar koronavirusdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi?

Kimlar koronavirusdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi?
Foto: «24health.by»
COVID-19 ni yuqtirgan 70 mingta holat tahlil natijalariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar kamroq kasallanishar ekan.
XXR kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi 72 314 ta yuqtirish holatini jiddiy o‘rganib chiqishdi. Buni qarangki, 0 — 19 yoshdagilar jami kasallikni yuqtirganlarning 1 foizini tashkil etgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, bu tamoyil bolalar immun tizimining nisbatan mustahkamroqligi bilan bog‘liq.
Koronavirusni yuqtiruvchi asosiy xavf guruhiga surunkali kasalliklardan qiynalayotgan 60 yoshdan oshgan odamlar kiradi.

Bemorlar orasida bolalarning deyarli yo‘qligida ota-onaning g‘amxo‘rligi ham katta rol o‘ynaydi. Ular o‘smirlarning gigiyena qoidalariga rioya etishini, tibbiy niqoblarni taqishini qattiq talab qilishadi va shifokor maslahatlariga amal qilishadi. Faqat o‘zlari tavsiyalarga unchalik ahamiyat berishmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kimlar koronavirusdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi?