
Foto: Google Photos
Tramp yana bir bor qurol-yarog‘ borasidagi nazoratga jiddiy qaramasligini isbotladi, deb yozadi The American Conservative nashri.
Kongressdagi manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, Tramp yadroviy qurollar borasida muzokaralar olib borish uchun maxsus elchi tayinlagan va unga Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollar borasida muzokaralar olib borishni asosiy vazifa qilib belgilagan.
Marshal Billingsli ayni vaqtda moliya vazirligida ishlaydi va moliyaviy terrorizm masalalari bilan shug‘ullanadi. O‘tgan yili uni inson huquqlari bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosarligiga tayinlash borasida taklif berilgan edi. Ammo uning prezident Jorj Bush davrida qiynoqlarga aralashgani fosh bo‘lib qolib, tayinlov amalga oshmay qolgan. Billingsli Guantanamoda mahbuslarning saqlanishi borasida nazorat olib borgan.
O‘tgan oyda bu familiya yana siyosiy doiralarda ko‘p quloqqa chalina boshladi va bunga munosabat ham turlicha bo‘ldi. Bir maqolada Billingsli yadroviy qurol-yarog‘lar borasida ekspert deyilsa, boshqa bir maqolada, uning o‘ta konservativligi ta’kidlanadi. Nima bo‘lganda ham Billingslining yadroviy qurol-yarog‘lar borasida muzokara olib boruvchi sifatida tayinlanishi AQSHga mazkur sohada hech qanday bitimlar tarafdori emasligini ko‘rsatadi.
Bu orada CNV-3 ni cho‘zish muddati ham tugab bormoqda. CNV-3 bo‘yicha bitim 11 oydan so‘ng tugaydi. Yangi tayinlov Tramp ma’muriyati bu bitimni yana cho‘zishdan manfaatdor emasligini oshkor qilib qo‘ydi.
Tramp hukumati Rossiya va AQSH o‘rtasidagi qurol-yarog‘lar bo‘yicha bitimni buzishni istamasa, CNV-3 kelishuvi muddatini cho‘zish masalasi birinchi darajali vazifa bo‘lar edi. Devid Eks buni o‘tgan haftada quyidagicha talqin qildi: «Agarda CNV-3 bitimi muddati tugasa, yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasida qurol-yarog‘larni cheklash uchun ikkinchi imkoniyat bo‘lmaydi». Boshqa ekspertlar esa «agar CNV-3 muddati tugasa, Rossiya va AQSH tarafi o‘rtasida qurol-yarog‘larni nazorat qilish tizimi tugaydi» demoqda.
G‘arb va sharq o‘rtasidagi jiddiy keskinlik inobatga olinsa, AQSH va Rossiya rahbariyatidagi dramatik o‘zgarishlar tufayli yangidan qachonlardir tuzilgan mukammal shartnomalar imzolanishiga umid qilish kerak emas. Bunga imkoniyat ham yo‘q bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi bitim tuzish, eskisining amal qilish muddatini uzaytirishdan ham asabiy muzokarayu, bordi-keldilarga aylanib, qiyin jarayonga olib keladi.
Shuning uchun ham Kongressda Trampning yangi nomzodi salbiy fikrlarga nishon bo‘lmoqda. Tramp ma’muriyati o‘zini qurol-yarog‘lar borasidagi bitimlarning ahamiyatini yo tushunmayapti yo qasddan uning ahamiyatini past baholamoqda. Qurol-yarog‘lar nazorati mavzusi Koreya yarimorolida bir vaqtlar tinchlik g‘oyasini buzib yuborgan edi. Uning maqsad va harakatlari qurol-yarog‘lar nazoratiga hech ham dahli yo‘q. AQSHning Tramp boshqaruvi davridagi qurol-yarog‘lar borasidagi barcha gaplari yolg‘ondan boshqa narsa emas, deb yozadi Van Jekson Twitter’dagi sahifasida.
Trump admin is bastardizing "arms control" the way they bastardized the notion of "peace" on the Korean Peninsula--their actions and intentions bear no relation to their use of the phrase. US arms control "efforts" under Trump are a farce https://t.co/riB4oqkX7G
— Van Jackson (@WonkVJ) March 4, 2020
Tramp ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan birga yadroviy qurollar borasida bitim tuzishga intilayotgan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘layotgan esada, muzokaralarni olib borishdagi yangi tayinlovni inobatga oladigan bo‘lsak, navbatdagi teatrlashtirilgan asardan bir epizod xolos. Bilingsli yangi muzokaralarni ham, yangi bitimlarni ham olib borolmaydi. Demak hech qanday kelishuv yo‘q.
Jahongir Ergashev tayyorladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar