date

Qoraqalpog‘iston tog‘laridan 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi

Qoraqalpog‘iston tog‘laridan 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi

Qoraqalpog‘istonning Sulton Uvays tog‘ tizmalari hududida miloddan avvalgi 75 million yillarda yashagan dinozavr suyaklari aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, topilma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti olimlari hamda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi mutaxassislari hamkorligidagi tadqiqotlar jarayonida kashf etilgan.

Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmadshayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dinozavr O‘zbekiston hududida Bo‘r davrida — taxminan 100–65 million yil avval yashagan. Olimlar uning umurtqa, ilik va boldir suyaklarini topishgan.

Ahmadshayev ta’kidlashicha, Bo‘r davrida O‘zbekiston hududida ham dengiz, ham quruq yerlar bo‘lgan va bu joylarda dinozavr izlari hamda suyaklarining chiqib kelishi fan uchun juda muhim.

“Bunday topilmalar nafaqat ilmiy jihatdan, balki turizmni rivojlantirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli, muzeylar va ekspozitsiya obyektlarini yaratish zarur,” — dedi u.

Hozirda topilgan suyak qoldiqlarining qaysi turga mansubligi aniqlanmoqda, tadqiqotlar yakunlangach, ular Davlat geologiya muzeyiga topshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpog‘iston tog‘laridan 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi