15:33 / 10.03.2020
3 153

Birjalar qulashi «Alibaba» asoschisini Osiyoning eng boy insoniga aylantirdi

Birjalar qulashi «Alibaba» asoschisini Osiyoning eng boy insoniga aylantirdi
Foto: TASS
Xitoyning «Alibaba» kompaniyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning eng boy insoniga aylandi. U Hindistonning «Reliance Industries» xoldingi sohibi Mukesh Ambanini ortda qoldirdi, deb yozmoqda «Bloomberg»ga tayanib "Xabar" nashri.
Xitoylik milliarderning boyligi 44,5 mlrd. dollarga baholanmoqda, endi u dunyoning eng boylari reytingida 18-o‘rinda.

Mukesh Ambani. Foto: «Websiteaboutbusiness.com»
O‘tgan sutkada 5,8 mlrd. dollar zarar ko‘rgan Ambanining boyligi endi 41,8 mlrd. dollarga teng.
Jek Ma mobil ilovalarga talab oshgani sababli hamda ma’lumotlarga bulutli texnologiyalar yordamida ishlov berish xizmatlari orqali ayni inqirozdan ko‘rilgan zararni qoplay oldi.

Eslatib o‘tamiz, neft narxlari tushib ketishi oqibatida AQSH ortidan Osiyodagi fond birjalarida ham qulash yuz bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birjalar qulashi «Alibaba» asoschisini Osiyoning eng boy insoniga aylantirdi