06:25 / 30.03.2020
3 245

Nyu-Yorkda qo‘shni yashovchi yigit va qiz karantin hamda oq mushuk tufayli tanishib oldi

Nyu-Yorkda qo‘shni yashovchi yigit va qiz karantin hamda oq mushuk tufayli tanishib oldi
Foto: Esquire
Nyu-Yorkda bir-biriga qarama-qarshi uylarda yashovchi yigit va qiz karantin paytida tanishib oldi, deb yozadi Esquire.
Katta oq mushugi bor CBS telekanali muharriri Kris Tauers bir kuni ro‘paradagi derazaga «Salom! Oq mushukning laqabi nima?» deb yozilgan qog‘oz yopishtirilganini ko‘rib qoldi.

Tauers qog‘oz olib, unga «Devid Boui» deb mushukning ismini yozdi hamda derazasiga yopishtirib qo‘ydi. U yozishmalar rasmini Twitter’dagi sahifasiga joylashtirib, bu holat uning kayfiyatini ko‘targanini yozib qoldirdi. Uning posti 650 mingtadan ko‘proq layk to‘pladi.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire
U, shuningdek, mushugining bir nechta rasmini tarmoqqa joylashtirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar tufayli Krisning qo‘shnisining ismi Lizzi Bartlet ekanligi oydinlashdi.
Lizzining uyidan u yopishtirgan qog‘oz mana shunday ko‘rinadi:

Foto: Esquire
Tauers Twitter orqali Bartletga pandemiyadan so‘ng uchrashishni taklif qildi. Qiz rozi bo‘ldi.
Lekin bu hammasi emas! Lizzining savoliga yana bir qo‘shnisi javob qaytardi. Tauers yashaydigan uyning pastki qavatidagi derazaga «Uning ismi Vanilla Ays» deb yozilgan qog‘oz yopishtirib qo‘yildi.

Foto: Esquire

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda qo‘shni yashovchi yigit va qiz karantin hamda oq mushuk tufayli tanishib oldi