15:22 / 30.03.2020
3 414

65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi

65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi
Foto: @nashsteviej
AQSHning Chikago shahrida yashab, 65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi.
Bu haqda qariyalarning nabirasi Stiven Nesh xabar qilgan.

Uzoq yillar birga bo‘lgan er-xotin koronavirusga chalinganlik sababli bir necha soatlik farq bilan hayotdan ko‘z yumishgan.
Stiven Neshning ta’kidlashicha, uning bobosi va buvisi AQSHda koronavirusdan o‘lim holatlari keskin ko‘payib ketgan kunda vafot etishgan.

Men bobom va buvimni koronavirus sababli 24 soat ichida yo‘qotdim. O‘z yaqinlaringizni mahkamroq quching”, deb yozgan Nesh Twitter’da. U bobosi va buvisi suratlarini e’lon qilib, ular ortidan 6 farzand va 18 nabiralari qolganini yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi