AQSHning Kornell universiteti olimlari yangi turdagi SARS-CoV-2 koronavirusining o‘ta yuquvchanligi sababini ma’lum qilishdi.
Ularning fikricha, SARS-CoV-2 o‘zida boshqa koronaviruslar genomini birlashtirgani sababli o‘ta yuquvchandir. Bu haqda Journal of Molecular Biology nashrida chop etilgan tadqiqotda aytilgan.
Tadqiqot mualliflari yangi koronavirus genomi 96 foizga atipik zotiljamni keltirib chiqargan va 2003 yilda 774 kishi hayotiga zomin bo‘lgan virus SARS-CoV-1 genomidan tashkil topganini aniqlashgan. Shu bilan birga SARS-CoV-2 insonda uchrovchi yaxshi sifatli koronavirus HCoV-HKU1’ning jihatlariga ham ega.
SARS-CoV-1 uncha yuquvchan hisoblanmaydi, biroq undan o‘lim darajasi yuqori. HCoV-HKU1’ esa, aksincha, deyarli zararsizdir, biroq juda tez tarqaladi. Shu tariqa, ushbu viruslar sintezida o‘ta yuquvchan va ko‘plab o‘lim holatlariga olib keluvchi virus hosil bo‘lgan. Ushbu virus odamlardan tashqari hujayralari retseptorlari insonnikiga o‘xshash bo‘lgan maymunsimonlar, mushuklar, qorakuzan (norka) va sassiqkuzanlar (xoryok) uchun ham xavfli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”